"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROFESSIONAL TAʼLIMI XODIMLARINING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHISH" LOYIHASINING QISQACHA TAVSIFI

 

Dolzarbligi

 

O‘zbekistonda taʼlim sohasini isloh qilish jarayonlari davom etmoqda. 

Rasmiy baholashga ko‘ra, kasbga qo‘yilgan kasbiy talablar va mehnat bozorida unga bo‘lgan talabni hisobga olmagan holda davomiyligi 3 yil etib belgilangan majburiy professional taʼlimidan voz kechishga qaror qilindi. Bandligini taʼminlashga muhtoj katta yoshli axoli, yoshlar va nogironlarning salmoqli qismini  mehnat bozorida talab qilinmasdan qoldiruvchi, aholining turli toifalarini “Hayot davomida taʼlim olish" tamoyili asosida kasbiy tayyorlashning rivojlanmagan tizimi tanqid qilindi. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatning barcha fuqarolar uchun ochiq bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional taʼlimining yangi va moslashuvchan tizimini barpo etildi.

Islohotlar natijasida kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar xodimlariga qo‘yiladigan talablarning o‘zgarishiga olib keldi. Endi o‘qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari nafaqat yoshlar bilan, balki aholining katta yoshli qismi bilan ham ishlashni bilishlari, taʼlim bera olishlari kerak, bu esa fanda o‘qitish/taʼlimning andragogik modeli sifatida tanilgan maxsus yondashuvdan foydalanishni talab qiladi. Oliy taʼlim muassasalarida bir tomondan andragoglarni tayyorlashning maxsus yo‘nalishi mavjud emasligi, shuningdek, boshqa tomondan professional taʼlim (PT) tizimida andragog - amaliyotchilarga ehtiyoj mavjudligi PT xodimlarining kasbiy rivojlanishining moslashuvchan shakllarini izlashni talab qiladi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri andragogika bo‘yicha masofaviy o‘qitish kurslarini yaratish va mustaqil o‘rganishga yordam beradigan multimediali o‘quv resurslarini ommalashtirishdir.

PT da dolzarb muammo bu malakali ishlab chiqarish taʼlim ustalarini tayyorlashdir. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tayyorlash va malakasini oshirish 12 ta malaka oshirish markazlari va fakultetlarida olib borilmoqda, ammo mavjud amaliyotning afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli o‘qitish sifatini baholash juda qiyin. Mahalliy ekspertlarning fikricha, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasini oshirish maxsus fanlar o‘qituvchilari bilan birgalikda – bitta umumiy o‘quv dasturi asosida amalga oshirilayotgani vaziyatni yana-da murakkablashtirmoqda. Mavjud o‘quv rejalarda asosiy eʼtibor nazariy bilimlarni takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalasi ochiq qolmoqda. Bularning barchasi PTda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasini oshirish amaliyotining hozirgi holatini aniqlash va kelajak uchun tavsiyalar va rejalarni shakllantirish uchun keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.

Loyihaning asosiy faoliyati yo‘nalishlari:

Curriculum globALE (CG) dasturi asosida andragogika bo‘yicha mustaqil o‘quv kursini ishlab chiqish va masofaviy o‘qitish platformasini yaratishdir.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar o‘rtasida kattalar taʼlimi va o‘qitish sohasidagi bilimlarga ehtiyoj doimiy ravishda oshib bormoqda. Shu sababli, loyiha faoliyati andragogika bo‘yicha mustaqil o‘rganishni rag‘batlantiradigan multimedia vositalarini yaratish orqali PT xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish instituti PT tizimi xodimlarining masofaviy o‘qitish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga qaratilgan "Masofaviy taʼlimni tashkil etish va o‘tkazish xususiyatlari" va "Masofaviy o‘qitish usullari va vositalari" treninglari o‘tkazildi, shu jumladan platformada o‘qitilayotgan ishtirokchilar orasidan CG multiplikatorlari tayyorlanmoqda.

Buguni kunda CG dasturi o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Maxsus ekspert guruhi CG modullari uchun o‘zbek tilida o‘quv materiallarini tayyorlash va yangilash bilan shug‘ullanadi. Chora-tadbirlar majmuasinining amalga oshirilishi O‘zbekistonda andragogikani mustaqil o‘rganish bo‘yicha bazaviy kursni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ayni paytda https://cgtvet.uz / onlayn platforma faoliyat yuritmoqda va CG modullari asosida andragogika bo‘yicha masofaviy o‘qitishni o‘tkazishga imkon beradi. Ushbu platforma taʼlim sohasidagi mutaxassislarga o‘z bilimlari va kasbiy malakalarini oshirishga imkon beradi.