Xakimjonova Xamidaxon Xakimjon qizi  –  loyihalar koordinatori, Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi (DVV) ning O‘zbekistondagi Filiali. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori

  • 2013-2014 yillarda Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi (DVV)ning O‘zbekistondagi Filiali tomonidan “Kattalar taʼlimi va o‘qishi Curriculum globALE” dasturi asosida tashkil etilgan kurslar bitiruvchisi, trener;
  • 2014-2022 yillarda “Kattalar taʼlimi va o‘qishi Curriculum globALE” dasturining 5 moduli asosida Namangan, Qarshi, Quvasoy madaniyat markazlari xodimlari hamda Buxoro shahri Buxoro Davlat universiteti, Termiz shahar Termiz Davlat universiteti, Jizzax shahar Jizzax Davlat Pedagogika universiteti, Andijon shahar Andijon Davlat universitetlarida professor o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglarni olib borgan;
  • 2020-2022 yillarda “Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy kompetentliligini andragogik yondashuv asosida rivojlantirish (Malaka oshirish tizimi misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan;
  • 2024 yil 3 iyulda Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasi (PhD) berildi.
  • 50 dan ortiq ilmiy maqola va o‘quv qo‘llanmalar muallifi;
  • Germaniya, Malayziya davlatlarida malaka oshirgan, turli konferensiya, seminar va treninglarda ishtirok etgan;

Xudayberdiyev O‘ktamjon Saliyevich – loyiha koordinatori, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutining Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonini o‘quv-metodik taʼminlash boshqarmasi bosh mutaxassisi, f.m.f.n.

  • Taʼlim sohasida ko‘p yillik tajribaga ega. 30 dan ortiq ilmiy maqola va metodik qo‘llanmalar muallifi, o‘rta maxsus va professional taʼlim tizimini rivojlantirish bo‘yicha katta yutuqlarga erishgan;
  • 2023 yildan Curriculum globALE doirasida hamkorlik asosida faoliyat yuritadi.
  • Bir qator xorijiy davlatlarda (Germaniya, Angliya, Italiya, Fransiya,Shveysariya, Rossiyava x.k.) taʼlim, kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha malaka oshirgan, turli konferensiya, seminar va treninglarda ishtirok etgan;
  • Shveysariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional taʼlim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida professional taʼlim tizimining boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirish masalalari bilan shug‘ullanadi;

Valentina Sidorkina - kattalar ta'limi sohasidagi mutaxassis, trener, metodolog. "Katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga taʼlim berishning onlayn transformatsiyasi: zamonaviy interfaol vositalar" fakultativ moduli muallifi va tyutori

  • “Kattalar ta’limi” magistri (Germaniya, Kayzerslautern texnika universiteti);
  • Kattalar ta'limi sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega: treninglar o'tkazish, ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, konferentsiyalar va forumlar o'tkazish;
  • 2010-2021 yillarda Minskdagi DVV International ofisida ishlagan: u loyihalarni boshqarish bilan shug'ullangan, treninglar o'tkazgan, kattalar ta'lim markazlari uchun tashkiliy rivojlanish dasturlarini qo'llab-quvvatlagan;
  • 2014 yildan - kattalar va bolalar uchun onlayn va oflayn formatdagi dasturlarni tashkil qiluvchi ta'lim markazining hammuassisi;
  • O'qituvchilar, trenerlar va metodistlar uchun onlayn kurslar va dasturlar muallifi va boshlovchisi;
  • Ekspert sifatida u tuman darajasida (14 ming aholi) kattalar taʼlimi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlagan;
  • “Kattalarni qanday o‘rgatish kerak” Telegram kanali muallifi;
  • Germaniya, Gruziya, Armaniston, Janubiy Koreyada xalqaro tajribani o‘rganish bo’yicha amaliyot o’tagan va o‘quv safarlarida bo’lgan;
  •  Turli xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlar ishtirokchisi.

 

Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna -  Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutning “Ta’limda boshqaruv” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSс). 

  • Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna Germaniya  Xalq  universitetlari assotsiatsiyasi  (DVV)  O‘zbekistondagi  filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Curriculum globALE” kursini muvaffaqiyatli bitirib, Curriculum GlobALE  Kattalar va yoshlar ta’limi bo‘yicha halqaro trener, Shveysariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan kursi-halqaro treneri, German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda trenerlarni tayyorlash kursi - master treneri, «Kattalar ta’limi va o‘qitishda onlayn-transformatsiya: zamonaviy interaktiv vositalar» kursining tyutor-trener sertifikatlarini qo‘lgan kiritgan va kattalar ta’limi bo‘yicha ekspert. 
  • Bugungi kunga qadar 180 dan ortiq ilmiy maqola va o‘quv qo‘llanmalar muallifi; 
  • 2018 yilda “Yosh olima ayol” nominatsiyasi va 2022 yilda “Yosh tadqiqotchi” nominatsiyalari g‘olibi;
  • www.biznestadbir.uz elektron platformasi muallifi;
  • Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna Germaniyaning  Landshut shahridagi “Sparkassenakademie Beyern” akademiyasida va Shveysariyaning Bern shahridagi Shveysariya Feraderal kasb-hunar malaka oshirish instituti (SFUVET)da malaka oshirgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan;
  • D.R.Raxmatullayeva 2025 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi miqiyosida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi: yoshlarni to’g’ri kasb tanlashga yo’naltirish, ta’lim tizimini rivojlantirish, ilm-fan va sifatli ta’lim” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Eng yaxshi xizmatlari uchun” va “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirishning muhim yoʻnalishi” bo‘yicha “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro ko‘rik tanlovlari sovrindori.

Razikova Nazokat Alisherovna – Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti “Taʼlimda boshqaruv” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

  • 2019-2020 yillarda Germaniya Davlat universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O‘zbekiston bo‘limi tomonidan “Kattalar taʼlimi va Curriculum globALE dasturi” asosida tashkil etilgan kurslarda magistratura bitiruvchisi, trener va tyutor sifatida faoliyat ko‘rsatgan;
  • German Public Universities (DVV) assotsiatsiyasining Curriculum globALE dasturi modullari uchun materiallarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etgan;
  • 2019-2020 va 2023-2024 yillarda Pedagogik Innovatsiyalar instituti tomonidan “Mening innovatsion g‘oyam” mavzusida auditsiya tashkil etgan va talabalar orasida treninglar o‘tkazgan;
  • Pedagogik Innovatsiyalar instituti professorlari va rahbarlari bilan “Xodimlarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida, instituti ayol xodimlari bilan “Ayollar motivatsiyasini oshirish yo‘llari” mavzusida va institut professor va o‘qituvchilari bilan “Xodimlarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida seminar-treninglar, shuningdek “Emotsional stresstni kamaytirishga qaratilgan psixologik trening” tashkil etgan;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat organlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari, seminarlar va psixologik treninglar tashkil etilgan, bu esa rahbar va xodimlarning malakalari hamda professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan;
  • 2021-2022 yillarda Shveysariya Federal kasb taʼlimi va tayyorgarlik universiteti tomonidan Zoom dasturi orqali tashkil etilgan “Kasbiy taʼlimda situativ trening” malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan;
  • Swiss VET4UZ loyihasi doirasida Shveysariya Federal kasb taʼlimi va tayyorgarlik universitetining taʼlimiy loyihasi asosida “Taʼlim sifati” kursi bo‘yicha trening o‘tkazgan;
  • 2020-2022 yillarda “Kasbiy taʼlim muassasalari o‘qituvchilarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borgan;
  • 2022 yilda Pedagogik Innovatsiyalar institutda o‘tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy va innovatsion kafedra” tanlovida “Ilmiy faoliyat sohasida yuqori reytingga ega professor-o‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib;
  • 2024 yil Professional taʼlimni rivojlantirish instituti “Personalni boshqarish” kafedrasi mudiri siftida faoliyat olib borgan;
  • 2024 yilda “Eng yaxshi xizmatlari uchun” medali, “Ilmiy qanot” medali va “Oltin qalam egasi-2024” statuetkasi bilan taqdirlangan.

 

Xudayberganov Tohir Farxadovich – Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti Raqamli ta'lim texnologiyalari boshqarma boshlig'i

  • Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi (DVV)ning O‘zbekistondagi Filiali tomonidan “Kattalar taʼlimi va o‘qishi Curriculum globALE” dasturi asosida tashkil etilgan “Kattalar taʼlimiga yondashuv”, “Kattalar o‘kishi va kattalar auditoriyasiga dars berish”, “Kattalar taʼlimi metodlari ” kurslar bitiruvchisi;
  • Turli konferensiya, seminar va treninglarda ishtirok etgan;
  • Professional taʼlim muassasalari kasb va mutaxassisliklari uchun elektron axborot taʼlim resurslari elektron dasturlari hamda ilmiy maqolalar muallifi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektron hukumat o‘quv markazi Axborot xavfsizligi asoslari kursi bitiruvchisi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbeksiton yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan eng yaxshi infografika naminatsiyasi g‘olibi;
  • "Raqamli avlod COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha taʼlim" mavzusidagi Respublika tanlovining Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan "Eng yaxshi infografika" yo‘nalishi g‘olibi;

Allabergenov Azamat Joldasbayevich –  platforma dasturchisi va administratori

  • 2013 – 2017 y, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi, bakalavr;
  • Turli konferensiya, vebinar va dasturlash olimpiadalari ishtirokchisi;
  • INTUIT onlayn universiteti, C++ Dasturlash tili o‘quv kursi bitiruvchisi;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Javaharlal nomidagi O‘zbek-Hind markazi, Veb dasturlash o‘quv kursi bitiruvchisi;