Modul 4–5. Kattalar taʼlimi metodlari, rejalashtirish, tashkil etish va baholash

Kompetensiya
 
“Curriculum globALE” dasturi bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar kattalar ta’limi jarayonini kompleks tushunadi: ta’lim ehtiyojlarini aniqlashdan boshlab, maqsadlarni shakllantirish, mos o‘qitish metodlarini tanlash va qo‘llash, o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish hamda uni baholash va takomillashtirishgacha bo‘lgan uzluksiz pedagogik siklni tizimli ravishda amalga oshira oladi. Ular turli maqsadli guruhlar bilan ishlashda mos metod va yondashuvlarni tanlash, ta’lim jarayonini tahlil qilish va sifatini oshirish bo‘yicha kasbiy kompetensiyaga ega bo‘ladi.

Kutilayotgan natijalar:
 
- kattalar talimi usullarining keng doirasi bilan tanishib chiqadi va ularning kuchli va zaif tomonlarini, cheklovlari va imkoniyatlarini tahlil qila oladi;
- kursning barcha bosqichlarida vaziyatga mos bo‘lgan tegishli usullarni tanlashga qodir;
- asosiy metodlar majmuasini tahlil qila oladi va mustaqil qo‘llaydi;
- tegishli maqsadli guruh bilan ishlashda barqaror o‘quv natijalariga erishish uchun usullardan foydalana oladidilar;
- Kattalarga taʼlim beruvchi o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati sikli bosqichlari bilan tanish va ular bir-biri bilan qay tarzda bog‘liq ekanligini tushunadi;
- taʼlim dasturlari doirasida kompetensiyani egallashga qaratilgan taʼlim maqsadlarini shakllantirish;
- o‘qitish/taʼlim olish jarayonlarining uslubiy-didaktik asoslarini yaratish;
- tegishli doiradagi sharoitlarni hisobga olgan holda darslarni rejalashtirish;
- taʼlim jarayonini uzluksiz nazorat qilish, uni shaffof holda baholash hamda zarurat tug‘ilganda ushbu asnoda dars rejasiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni kiritish;
- natijalarni mustahkamlash metodlari va vositalarini biladi.
- turli metod va vositalardan foydalanish maʼlumotiga ega bo‘ladi va ularni tanlash yoki qo‘llash bo‘yicha tanqidiy tahlil qila oladi;
- faoliyatini uzluksiz takomillashtirish uchun olingan natijalar va baholashga asoslangan xulosalardan foydalanadi;
- sifatni taʼminlash asoslari va turli elementlarni biladi.

 

Xush kelibsiz!

Bu sahifa birozdan keyin paydo bo'ladi.

Ayni paytda, o'ngdagi menyudan sizga o'rganish uchun ochiq bo'limlar mavjud.

Sizga omad va qiziqarli o'rganish tilaymiz!!