Kompetensiya
Curriculum globALE dasturi bo‘yicha o‘qitilgan mutaxassislar, kattalar taʼlimi sektori funksiyalari va xususiyatlarini va uning ijtimoiy jihatdan ahamiyatini, shuningdek boshqa holatlar hamda kengroq xalqaro miqyosidagi ramkalar bilan solishtirgan holda biladi va tushunadilar. Ular mazkur holatda o‘zlarining professional o‘rnini aniqlashga qodirlar.
Modul bo‘yicha taʼlim olgan mutaxassislar:
- kattalar taʼlimi amaliyoti, insoniyatning turli g‘oyalari va taʼlimning turli xil tushunchalari bilan shakllantirilganini tushunadi, kattalar taʼlimi va axloqiy jihati, etikasi bo‘yicha umumiy tushuncha bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladilar;
- kattalar taʼlimining xilma-xilligini va uning madaniy shartliligini tushunadi; o‘z mamlakatida taʼlimning turli shakllari bilan tanishlar va kattalar taʼlimining turli shakllari bilan keng qo‘llaniladigan asosiy atamalarning maʼno va mazmunini tushunadilar;
- kattalar taʼlimi soxasidagi faoliyatining kontekstiga bog‘liq bo‘lgan xalqaro tendensiyalar haqida umumiy tushunchalarga egadirlar;
- bu sohada mavjud bo‘lgan xilma-xillikda kattalar taʼlimi sohasida o‘zlarining ish joylarining o‘rnini aniqlashga qodirlar;
- mazkur kontekstda kattalar uchun o‘qituvchi sifatida o‘z rolini aniqlashga qodirlar;
- o‘z mamlakatidagi, mintaqadagi va xalqaro miqyosda kattalar taʼlimi bilan bog‘liq huquqiy tizimning muhim shartlarini yaxshi biladi;
- kattalar taʼlimi tizimida mavjud moliyalashtirishning murakkab shakllarini ajratib ko‘rsatish,tasniflash va tushuntirishga qodirlar;
- kattalar taʼlimi bilan bog‘liq asosiy siyosat yo‘nalishi bo‘yicha tushunchaga egadirlar;
- o‘z mintaqasida, mamlakatida shuningdek xalqaro miqyosda kattalar taʼlimi sohasida eng muhim ijrochilar haqida tushunchaga egadirlar;
- kattalar taʼlimi sohasiga taalluqli individual ijrochilarning vazifalari va manfaatlarini tanqidiy tahlil qilish imkoniyatiga egadirlar.
Modul 1. Kattalar taʼlimiga yondashuv