Modul 3. Kattalar taʼlimida kommunikatsiya va guruh dinamikasi

Kompetensiya

 

Curriculum globALE dasturi bo‘yicha o‘qigan mutaxassislar kommunikatsiyaning nazariy tamoyillari bi-

lan tanishadilar va ulardan kattalarni o‘qitishda va taʼlimiy ishlarda foydalanish ko‘nikmalari-

ga ega bo‘ladilar. Shuningdek, bunday mutaxassislarlar guruh dinamikasi asosiy nazariyalari haqida

ham bilimga ega bo‘lib, ushbu bilimlarni guruh bilan ishlashda muloqot jarayonlarini boshqarish

uchun o‘qitish/taʼlimiy faoliyatda qo‘llashlari mumkin.

 

Curriculum globALE dasturi bo‘yicha o‘qigan mutaxassislar

 

• Verbal, shuningdek paraverbal va noverbal aloqa qoidalari bilan tanishlar va ushbu bilimlardan

kurs ishtirokchilari bilan ishlashda qo‘llaydilar;

• Interaktiv, konstruktiv, asosli kommunikatsiyaning alohida qismlaridan foydalana oladi;

• Aloqadagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish yoki kamaytirish ko‘nikmalariga egadirlar;

• O‘zining kommunikatsiya uslubi bilan ijobiy muhitni hosil qila oladilar;

• Aloqaning turli uslublariga moslashadilar va ishtirokchilarni mashg‘ulot davomida va taʼlim be-

rish jarayonida yo‘naltira oladilar;

• Guruhning “ko‘rinmas” tuzilishini va guruh aloqasini idrok qila oladilar; ular taʼlimning barqa-

ror muvaffaqiyatini taʼminlash uchun guruhning rivojlanish surʼati jarayonlarini anglash, tushu-

nish va yo‘naltirish xususiyatlariga egalar;

• Taʼlim berish jarayonlari va guruhning dinamika surʼati bosqichlarini bir-biriga moslashtiradi-

lar;

• Guruhda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar yechimini topa oladilar, nizoli holatlarni bartaraf

qilishlari va “og‘ir tabiatli” ishtirokchilar bilan ishlay ishlay oladilar;

• Kattalarni o‘qitishda emotsionallikning muhim o‘rin tutishini yaxshi tushunadilar.

Xush kelibsiz!

Bu sahifa birozdan keyin paydo bo'ladi.

Ayni paytda, o'ngdagi menyudan sizga o'rganish uchun ochiq bo'limlar mavjud.

Sizga omad va qiziqarli o'rganish tilaymiz!!