Modul 5. Kattalar taʼlimida rejalashtirish, tashkil etish va baholash

Kompetensiya

 

Curriculum globALE dasturi bo‘yicha taʼlim olgan mutaxassislar kattalarga taʼlim beruvchi o‘qituvchi-

larning kasbiy faoliyatida jarayonni rejalashtirish (shu jumladan o‘quv dasturini ishlab chiqish),

tashkil etish va baholash bosqichlari bir-biri bilan qay tarzda bog‘liq ekanligini tushunadi. Ular

rejalashtirish, tashkil etish va baholash bosqichlarida zarur bo‘lgan turli metodlar bo‘yicha bilim-

larga ega hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda ushbu bilimlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi va mazkur jara-

yonni tanqidiy tahlil qila oladi19. Ishtirokchilarning kasbiy faoliyatiga keladigan bo‘lsak, ular o‘z

dasturlarini muntazam takomillashtirishi uchun to‘plangan tajribadan foydalanadi.

 

Curriculum globALE dasturi bo‘yicha taʼlim olgan mutaxassislar

 

• Kattalarga taʼlim beruvchi o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati sikli bosqichlari bilan tanish va

ular bir-biri bilan qay tarzda bog‘liq ekanligini tushunadi;

- taʼlim va o‘qish ehtiyojlarini aniqlash;

- taʼlim dasturlari doirasida kompetensiyani egallashga qaratilgan taʼlim maqsadlarini

shakllantirish;

- o‘qitish/taʼlim olish jarayonlarining uslubiy-didaktik asoslarini yaratish;

- tegishli doiradagi sharoitlarni hisobga olgan holda darslarni rejalashtirish;

- taʼlim jarayonini uzluksiz nazorat qilish, uni shaffof holda baholash hamda zarurat

tug‘ilganda ushbu asnoda dars rejasiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni kiritish;

- natijalarni mustahkamlash metodlari va vositalarini biladi.

• turli metod va vositalardan foydalanish maʼlumotiga ega bo‘ladi va ularni tanlash yoki qo‘llash

bo‘yicha tanqidiy tahlil qila oladi;

• faoliyatini uzluksiz takomillashtirish uchun olingan natijalar va baholashga asoslangan xulosa-

lardan foydalanadi;

• sifatni taʼminlash asoslari va turli elementlarni biladi.

Xush kelibsiz!

Bu sahifa birozdan keyin paydo bo'ladi.

Ayni paytda, o'ngdagi menyudan sizga o'rganish uchun ochiq bo'limlar mavjud.

Sizga omad va qiziqarli o'rganish tilaymiz!!