Kattalar taʼlimi va ŭqishi global dasturi

Kattalar taʼlimi va ŭqishi global dasturi

Yuklab olish

Kattalar taʼlimi va ŭqishi global dasturi

1-modul: Kattalar taʼlimiga yondashuv

       Kompetensiya

     Curriculum globALE dasturi bo‘yicha o‘qitilgan mutaxassislar, kattalar taʼlimi sektori funksiyalari va xususiyatlarini va uning ijtimoiy jihatdan ahamiyatini, shuningdek boshqa holatlar hamda kengroq xalqaro miqyosidagi ramkalar bilan solishtirgan holda biladi va tushunadilar. Ular mazkur holatda o‘zlarining professional o‘rnini aniqlashga qodirlar.

     Curriculum globALE dasturi bo‘yicha taʼlim olgan mutaxassislar

  • kattalar taʼlimi amaliyoti, insoniyatning turli g‘oyalari va taʼlimning turli xil tushunchalari bi­lan shakllantirilganini tushunadi, kattalar taʼlimi va axloqiy jihati, etikasi bo‘yicha umumiy tushuncha bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladilar;

  • kattalar taʼlimining xilma-xilligini va uning madaniy shartliligini tushunadi; o‘z mamlakatida taʼlimning turli shakllari bilan tanishlar va kattalar taʼlimining turli shakllari bilan keng qo‘llaniladigan asosiy atamalarning maʼno va mazmunini tushunadilar;

  • kattalar taʼlimi soxasidagi faoliyatining kontekstiga bog‘liq bo‘lgan xalqaro tendensiyalar haqida umumiy tushunchalarga egadirlar;

  • bu sohada mavjud bo‘lgan xilma-xillikda kattalar taʼlimi sohasida o‘zlarining ish joylarining o‘rnini aniqlashga qodirlar;

  • mazkur kontekstda kattalar uchun o‘qituvchi sifatida o‘z rolini aniqlashga qodirlar;

  • o‘z mamlakatidagi, mintaqadagi va xalqaro miqyosda kattalar taʼlimi bilan bog‘liq huquqiy tizim­ning muhim shartlarini yaxshi biladi;

  • kattalar taʼlimi tizimida mavjud moliyalashtirishning murakkab shakllarini ajratib ko‘rsatish, tasniflash va tushuntirishga qodirlar;

  • kattalar taʼlimi bilan bog‘liq asosiy siyosat yo‘nalishi bo‘yicha tushunchaga egadirlar;

  • o‘z mintaqasida, mamlakatida shuningdek xalqaro miqyosda kattalar taʼlimi sohasida eng muhim ijrochilar haqida tushunchaga egadirlar;

  • kattalar taʼlimi sohasiga taalluqli individual ijrochilarning vazifalari va manfaatlarini tanqidiy tahlil qilish imkoniyatiga egadirlar.

 

     Boshqa modullar bilan o‘zaro bog‘liqlik

     Ushbu modulning asosiy maqsadi kattalar o‘qishi va taʼlimining umumiy konsepsiyasini, shuningdek kat­talar taʼlimi bilan bog‘liq asosiy tushunchalar va jihatlar bo‘yicha tanqidiy fikrlashni rivojlanti­rish. Shu maʼnoda ushbu modul barcha boshqa modullar bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun asos yaratadi. Ushbu mo­duldagi asosiy tushunchalardan biri bo‘lgan kattalar taʼlimi madaniy shartliligi, boshqa modullarda ham aks ettirilishi kerak, masalan, o‘qitish uslublari (4-modul) yoki baholashni o‘rganish va test qilish haqida gapirganda (5-modul), turli taʼlim nazariyalarini ko‘rib chiqish haqida (2-modul) yoki kommuni­katsiya va guruh dinamikasini anglash (3-modul), bundan tashqari, kattalar taʼlimi uchun motivatsiya va ishtirok etish (2-modul) kattalar taʼlimi muayyan sharoitda tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq­dir.

     Ushbu modulning o‘ziga xos alohida mavzusini ifodalovchi kattalar o‘qituvchisining o‘rni, uning pro­fessional pozitsiyasi va qadriyatlari mavzusiga o‘qish va didaktik faoliyat tamoyillari (2-modul)ni o‘rganishda qayta murojaat qilish kerak, shuning uchun ikkinchi modulni o‘rganishda birinchi modulga mu­rojaat qilish tavsiya etiladi.

CONFINTEA VII Marrakech Framework for Action: Harnessing the transformational power of adult learning and education

CONFINTEA VII Marrakech Framework for Action: Harnessing the transformational power o...

Batafsil

Белен ҳаракатлари рамкалари

Белен ҳаракатлари рамкалари...

Batafsil